Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Entoni Joshua avtohalokatda vafot etgan murabbiylari haqida nima dedi?

Entoni Joshua avtohalokatda vafot etgan murabbiylari haqida nima dedi?

Xabaringiz bor, taniqli bokschi Entoni Joshua va uning jamoasi Nigeriyadagi sayohatda avtohalokatgan uchragan va natijada charm qo‘lqop ustasining ikki murabbiyi vafot etgandi.

Kuni kecha Joshua marhumlarning oilasidan xabar oldi va muxlislarga murojaat qildi.

"Birodarlarimning ruhiga nisbatan ko‘rsatayotgan hurmatingiz uchun katta rahmat. Men hatto ularning qay darajada noyob inson ekanini anglab yetmagan ekanman. Ular bilan yonma-yon yurib, hazillashib yashayveribman, Xudo menga bergan in’omni sezmay qolibman.

Albatta, bu men uchun juda og‘ir. Ammo yaxshi bilaman — ularning ota-onalari uchun yanada og‘irroq sinov. Xudo birodarlarimni o‘z rahmatiga olsin", - dedi Entoni.

Kiritildi: 16:51 09.01.2026. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!