2024 yilning 24-26 iyul kunlari Qozon shahrida o‘ziga xos voqea – Qur’oni Karimni mohirona tilovat qilish bo‘yicha BRIKS mamlakatlari aro Qur’oni Karim musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Rossiya Federasiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi, Rossiya Muftiylar kengashi hamda BAAning amaldagi prezidenti Muhammad bin Zayd nomini olgan Birlashgan Arab Amirliklaridagi eng yirik universitetlardan biri – Gumanitar fanlar universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Tanlovda 20 dan ortiq davlatdan, xususan, BRIKSga a’zo davlatlar, arab-musulmon dunyosi, Afrika va MDH davlatlaridan eng kuchli Qur’on qorilari ishtirok etadi.
Shuningdek, katta va kichik sovg‘alar – Haj va Umra ziyoratlariga chiptalar beriladi.