Eng uzun umr ko‘rgan sahobalar quyidagi zotlardir:
Bu zotlar zotlar johiliyatda 60 yil, Islomda 60 yil umr kechirishgan. Hakim ibn Hizom roziyallohu anhu "Fil yili"dan 13 yil oldin Ka’ba ichida tug‘ilgan. Hijriy 54 yilda Madinada vafot etgan. Hasson ibn Sobit haqida Ibn Ishoq rivoyat qilishicha uning ota-bobolari Sobit, Munzir va Haromlarning har biri 120 yildan umr kechirgan. Abu Nuaym Hofiz: "Arablarda boshqa bundaylar kuzatilmagan", – degan. Hasson hijriy 54 yoki 50 yilda vafot etgan, – deyilgan.
Sahobalarning eng so‘nggi vakillari va ular vafot etgan joylar
Quyidagi zotlar sahobalarning eng so‘ngi vakillari sanaladilar:
– Abu Tufayl Omir ibn Vosila roziyallohu anhu. Hijriy 110 yilda Makkada vafot etgan;
– Mahmud ibn Robi’ roziyallohu anhu. Hijriy 99 yilda Madinada vafot etgan;
– Abdulloh ibn Busr roziyallohu anhu. Hijriy 96 yilda Shomda vafot etgan;
– Anas ibn Molik roziyallohu anhu. Hijriy 93 yilda Basrada vafot etgan;
– Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhu. Hijriy 86 yilda Kufada vafot etgan;
– Abdulloh ibn Horis ibn Jaz’i Zubaydiy roziyallohu anhu. Hijriy 86 yilda Misrda vafot etgan.
Shu o‘rinda aytish mumkinki, mazhabboshimiz Imom A’zam rahmatullohi alayh ushbu sahobalardan Anas ibn Molik, Abdulloh ibn Horis ibn Jaz’i Zubaydiylarni hamda bulardan tashqari Jobir ibn Abdulloh va Oisha bint Ajrad singari sahobalarni ko‘rib, ulardan hadis rivoyat qilgani haqida ham sahih qavllar kelgan.
Sahobai kiromlarning eng ulug‘i bo‘lgan zot barcha valiylarning sultoni bo‘lishi tabiiy holdir. Valiylar sultoni Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu milodiy 573 yilda tug‘ilgan. Ismi Abdulloh bo‘lib, nasabi quyidagicha bo‘lgan: Abdulloh ibn Usmon ibn Omir ibn Amr ibn Ka’b ibn Said ibn Taym ibn Murra ibn Ka’b ibn Luay. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan nasablari Murra ibn Ka’bda birlashgan. Bu zotning Siddiq deb nomlanishi haqida Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu shunday degan: “Alloh taoloning O‘zi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tillari bilan Abu Bakrni Siddiq deb nomlagan”.
Ha, bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tasdiqlashda hech ikkilanmaganlari sababli ana shunday izzatga sazovor bo‘lganlar. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam Masjidul-Aqsoga sayr qildirilganlarida insonlar buni gapira boshladilar. U zot alayhissalomga iymon keltirib, tasdiqlaganlarning ko‘pchiligi bundan fitnaga uchrab murtad bo‘lib ketdilar. Shunda Abu Bakr: “Men bundan ham uzoqrog‘ini tasdiqlayman, unga ertalab yo kechqurun samodan xabar kelishini tasdiqlayman-ku”, – dedi. Shu sababli u Siddiq deb nom oldi”.
“Bu zot yaxshi ishlarga doimo ilgari tashabbus ko‘rsatgani sababli “Abu Bakr” (o‘ta peshqadam) kunyasini olgan deyilgan”[7].