Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Eng qimmat futbol brendlari e’lon qilindi

Eng qimmat futbol brendlari e’lon qilindi

Brand Finance sayti dunyoning eng qimmat futbol brendlari reytingini taqdim etdi.

Konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan reytingda “Real Madrid” o‘tgan yili “Manchester Siti” tomonidan band etilgan birinchi o‘ringa qaytdi. Bungacha ispan klubi bir necha yil ketma-ket birinchi o‘rinni egallab kelgan. Shu bilan birga, Manchester klubining brend qiymati ham xuddi Madridniki kabi oshganini qayd etish joiz.

Eng qimmat futbol brendlari e’lon qilindi

Foto: Brand Finance

10 ta eng qimmat futbol brendlari quyidagilar:

1. “Real Madrid” – 1,81 milliard dollar;

2. “Manchester Siti” – 1,73 milliard dollar;

3. “Barselona” – 1,65 milliard dollar;

4. “Manchester Yunayted” – 1,5 milliard dollar;

5. “Liverpul” – 1,48 milliard dollar;

6. “Bavariya” – 1,33 milliard dollar;

7. “PSJ” – 1,29 milliard dollar;

8. “Arsenal” – 1,07 milliard dollar;

9. “Tottenxem” – 930 million dollar;

10. “Chelsi” – 897 million dollar.

Kiritildi: 20:48 17.07.2024. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!