2025 yilda sabzavot yetishtirishda Andijon viloyati yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. 2025 yilda respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 13,7 mln tonna sabzavot yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 1,2 % ga oshgan.
Hududlar kesimida yetishtirilgan sabzavotlar hajmi quyidagicha:
Andijon viloyati – 2 089 165 tonna
Samarqand viloyati – 1 686 136 tonna
Farg‘ona viloyati – 1 616 016 tonna
Surxondaryo viloyati – 1 451 656 tonna
Toshkent viloyati – 1 378 833 tonna
Buxoro viloyati – 1 190 463 tonna
Namangan viloyati – 1 163 885 tonna
Xorazm viloyati – 737 123 tonna
Qashqadaryo viloyati – 663 909 tonna
Jizzax viloyati – 559 047 tonna
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 419 043 tonna
Navoiy viloyati – 413 048 tonna
Sirdaryo viloyati – 352 921 tonna
Toshkent shahri – 1 557 tonna