Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Eng ko‘p qoidabuzarliklar sodir etiladigan avtomobillar reytingi tuzildi

Eng ko‘p qoidabuzarliklar sodir etiladigan avtomobillar reytingi tuzildi

AQShda avtomobil sug‘urta kompaniyalarini tanlash imkonini beruvchi Insurify portali yo‘l harakati qoidalarini eng ko‘p qo‘pol ravishda buzadigan avtomobillar reytingini tuzib chiqdi.

Reytingni tuzishda yo‘l harakati qoidalarini buzish yuzasidan sug‘urta kompaniyalariga kelgan 2,5 million dona ariza ma’lumotlaridan foydalanilgan. Ushbu ma’lumotlar AQShda sodir bo‘lgan avariyalar, qoida buzish holatlari va jarima cheklarini o‘z ichiga oladi.

So‘nggi 10-o‘rinni Audi A4 avtomobili egallagan: ushbu avtomobil haydovchilari piyodalarni 4 marotaba kamroq o‘tkazib yuborishgan. 9-o‘rinda – boshqa avtomobillarga yo‘l bermasligi oqibatida ko‘p YTHlarga sabab bo‘lgan HondaElement joy oldi. 8-o‘rinda – boshqa yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari ustuvorligiga e’tibor qilmaydigan va ko‘pincha tezlikni oshiradigan Hyundai Velostar joy olgan.

7- va 6-o‘rinlardan Acura’ning ILX va TLX modellari joy olgan. Ular 81 foiz holatda boshqalarga yo‘l bermagan, 72 foiz holatda esa to‘xtash belgisiga amal qilmagan.

Kuchli beshtalikni o‘rtacha holatlardan ikki barobar ko‘p xavfsizlik kamari taqilmaydigan Toyota Celica avtomobili ochib bermoqda. 4-o‘rinda odatdagidan ko‘ra ikki barobar ko‘proq quvib o‘tish qoidasi buzilgan Subaru WRX avtomobili joy oldi.

3-o‘rinni esa boshqalardan ko‘ra 1,5 marotaba ko‘proq qizil chiroqda o‘tib ketgan Audi A5 egallagan. Ikkinchi o‘rinda barcha qoidabuzarliklarni ikki barobar ko‘proq qayd etgan BMW 7-Series joy olgan bo‘lsa, piyodalarga yo‘l berishni xushlamaydigan va svetoforning qizil chirog‘ini «mensimaydigan» BMW 4-Series haydovchilari birinchilikdan joy olgan.

Kiritildi: 19:01 26.10.2020. O'qildi: 2340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!