Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Eng ishonchsiz elektromobillar aniqlandi

Avto A A A
Eng ishonchsiz elektromobillar aniqlandi

What Car avtomobillar portali ikkilamchi bozordagi eng ishonchsiz elektromobillar antireytingini tuzdi. Portal haydovchilar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi.

Mashinalar 100 balli tizimda baholandi.

Ikkinchi qo‘ldan olingan elektromobillar orasida 2022 yildan buyon chiqarilayotgan MG4 EV eng ishonchsizi deb topildi. So‘rovda qatnashganlar uning ishonchlilik darajasini 63,8 foiz deya baholashdi, so‘roqqa tutilgan haydovchilarning 30 foizida bu mashina buzilib qolgan, shu bois natijadan ajablanmasa ham bo‘ladi.

Eng ishonchsiz elektromobillar aniqlandi

Vauxhall Corsa Electric

Ikkinchi o‘rinda — Vauxhall Corsa Electric. Ishonchlilik reytingi 72,2 foizni tashkil etgan bu elektromobildagi nosozliklardan so‘rovda qatnashganlarning 25 foizi shikoyat qilishgan.

Uchinchi o‘rinda — Porsche Taycan. Ishonchlilik darajasi 76,2 foizga baholangan bu mashinani haydovchilarning 58 foizi turli texnik muammolarga duch kelishgan.

Eng ishonchsiz elektromobillar aniqlandi

Hyundai Ioniq 5

Eng ishonchsiz elektromobillar beshligiga, shuningdek, 2021 yilda chiqarilgan Hyundai Ioniq 5 hamda 2016 yilda chiqqan Hyundai Ioniq kiritilgan. Bu mashinalarining ishonchlilik darajasi tegishli tartibda 83,9 foiz va 84,5 foizni tashkil etgan.

Kiritildi: 12:48 06.02.2025. O'qildi: 7200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!