2025 yilda Turkiyaning Istanbul shahri dunyo megapolislari orasida yo‘l tirbandliklarida eng ko‘p vaqt yo‘qotilgan shahar sifatida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Inrix analitik kompaniyasining Global Road Traffic Index tadqiqotiga tayanilgan holda TRT Haber xabar berdi.
Inrix 2025 yil yanvar–sentyabr oylari davomida butun dunyo bo‘ylab yo‘l sensorlari va avtomobillardan to‘plangan ma’lumotlarni 2023 va 2024 yillar natijalari bilan taqqoslagan. Shundan so‘ng kompaniya shaharlarning kattaligi va aholisiga nisbatan katta yo‘l harakati paytida tirbandlikda yo‘qotilgan soatlar soniga ko‘ra reytingni shakllantirdi.
Tadqiqotga ko‘ra:
Istanbul haydovchilari 2025 yilda tirbandlikda 118 soat yo‘qotgan.
Mexiko haydovchilari — 108 soat.
Chikago haydovchilari — 112 soat.
Indeks dunyo bo‘ylab 900 dan ortiq shahardan yig‘ilgan real time mobillik ma’lumotlariga asoslanadi.