Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Eng iflos havoga ega bo‘lgan mamlakatlar reytingi e’lon qilindi: O‘zbekiston 12-o‘rinda

A A A
Eng iflos havoga ega bo‘lgan mamlakatlar reytingi e’lon qilindi: O‘zbekiston 12-o‘rinda

Shveysariyaning «IQAir» monitoring guruhi havo ifloslanishi bo‘yicha mamlakatlar reytingini taqdim etdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston davlatlar orasida 12-o‘rinni, Toshkent esa havosi ifloslangan poytaxtlar reytingida 10-o‘rinni egalladi.

Ma’lum qilinishicha, Markaziy Osiyo davlatlari ichida Tojikiston va Qirg‘iziston O‘zbekistondan oldinda, Qozog‘iston esa pastroqda joylashgan.

Keltirilishicha, dunyo davlatlari orasida Bangladesh eng iflos havoga ega bo‘lgan mamlakat sifatida birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi o‘rinda Chad, uchinchi o‘rinda Pokiston qayd etilgan. Eng toza havo Yangi Kaledoniya orolida bo‘lib, undan keyingi o‘rinlarni Virjiniya orollari hamda Puerto-Riko zabt etgan. Bu hududlarning poytaxtlari ham havo tozaligi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda qayd etilgan.

Hisobot mualliflarining qayd etishicha, 2021 yilda Markaziy va Janubiy Osiyodagi havo sifati dunyodagi eng yomon natijalar qatoriga kirgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda havo sifati bilan bog‘liq o‘limlarning 70 foizi ushbu mintaqada sodir bo‘ladi.

Kiritildi: 02:00 29.03.2022. O'qildi: 13232 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!