Bugun 3 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

EnergoQaroqchilik nihoyat rasman bekor qilindi

EnergoQaroqchilik nihoyat rasman bekor qilindi

Davlat rahbari avgustdagi uchrashuvda tadbirkorlik sub’ektlari uchun elektr va gaz iste’moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qolishini, agar iste’mol 20 foizdan o‘tib ketsa, oshgan qismiga to‘lov faqat 20 foiz qimmatlashishini e’lon qilgandi.

Undan avval energetiklar biznes uchun limitdan ortiqcha gaz va elektr energiyasi iste’moli uchun 2-3 karra qo‘shimcha haq undirish bilan bog‘liq energoqaroqchilik qoidalarini joriy etib olishgandi va hatto o‘zbek biznesiga qarshi bu buzg‘inchi ishlarini normal davlatlar uzoqroq bo‘lishni istaydigan Rossiya tajribasi bilan oqlashgandi ham.

Yozilishicha, Hukumatning 27.12.2024 yildagi 894-sonli qarori bilan o‘zbek biznesiga qarshi energoqaroqchilik rasman bekor qilingan va
endi elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, mazkur miqdordan ortiqcha iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun belgilangan tarifning 1,2 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Kiritildi: 01:41 31.12.2024. O'qildi: 2242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!