Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev respublika prezidentligi lavozimidan muddatidan oldin ketmoqchi emasligini bildirdi.
“Mamlakatni ko‘p yillar davomida rivojlantirish bo‘yicha katta rejalarim bor va ularni amalga oshirishni niyat qilganman,” dedi u "Ana tili" ("Ona tili") respublika gazetasiga bergan suhbatida.
To‘qayev jurnalistning BMTga rahbarlik qilish rejalari tufayli 2026 yilda Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazilishi haqidagi mish-mishlarga izoh berish so‘roviga shu tarzda javob bergan.