Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

BBC: Janubiy Koreya prezidentini hibsga olish amalda imkonsiz bo‘lib chiqdi

A A A
BBC: Janubiy Koreya prezidentini hibsga olish amalda imkonsiz bo‘lib chiqdi

Janubiy Koreya tergovchilari hokimiyatdan chetlatilgan prezident Yun Sok Yol qo‘riqchilari bilan ko‘p soatlik qarama-qarshilikdan so‘ng uni hibsga olish niyatidan voz kechishdi.

"Bizning fikrimizcha, doimiy qarshiliklar tufayli Yun Sok Yolni hibsga olishni iloji yo‘q. Ayblanuvchi tomonning bunday munosabatidan chuqur afsusdamiz", deyiladi Janubiy Koreyaning Korrupsiya bo‘yicha tergov byurosi bayonotida.

Prezident Yunni hibsga olishga order shu hafta boshida Seul tuman sudlaridan biri tomonidan chiqarilgan edi. Yunning advokatlari hibsga olish orderini ham, hibsga olishga urinishni ham noqonuniy deb bilishlarini aytishgan.

3 yanvar kuni ertalab tergovchilar guruhi Yunni hibsga olish uchun uning qarorgohiga borishdi, biroq prezident xavfsizlik xizmati xodimlari ularni to‘xtatib qolishdi.

BBC muxbirlarining voqea joyidan xabar berishicha, tergovchilar guruhi prezident qarorgohi oldida to‘plangan Yun Sok Yol tarafdorlarining "Biz g‘alaba qozondik!" degan hayqiriqlari ostida qarorgohni tark etgan.

Kiritildi: 13:00 03.01.2025. O'qildi: 2499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!