Bugun 5 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada 21 yoshli o‘zbekistonlik 25 yoshli qizni zo‘rlashda ayblanmoqda

Rossiyada 21 yoshli o‘zbekistonlik 25 yoshli qizni zo‘rlashda ayblanmoqda

Sankt-Peterburgda Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonlik 21 yoshli yigit 25 yoshli qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda. Bu haqda “Operativnoye prikritiYE” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan tushdan keyin 25 yoshli qiz polisiyaga noma’lum shaxs tomonidan zo‘rlangani va uning nochor ahvolidan foydalanganligi haqida ariza bilan murojaat qilgan. Voqea Vladimirskiy prospektidagi binoning xonadonlaridan birida yuz bergan.

Shu kuni kechki payt polisiya Leningrad viloyati Lomonosovskiy tumani Novoselye qishlog‘ida gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Rossiya Federasiyasida ro‘yxatdan o‘tmagan 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan.

Bildrilishicha, yigit maxsus hibsxonaga joylashtirilgan va jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 08:10 03.01.2025. O'qildi: 2523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!