Deputat Alisher Qodirov metan zapravka faoliyatini tanqid qilgan va natijada javobgarlikka tortilgan, ayni damda takror sudi bo‘layotgan G‘ayrat Do‘stovni tanqid qildi.
"Metan bolaga tushunmadim, baraka topkur o‘zingni qadrla, g‘ayratingni bayramdan keyin qil, vazifasi surishtirish bo‘lgan idoralar surishtirishga majbur, bayramni bolalaring oldida emas, surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq edi-ku?
E’tirozni to‘g‘ri-noto‘g‘riligi haqida keyinroq va kengroq, lekin bir oilada bolalar otasining tadbirsizligidan yangi yilni nafaqat kayfiyatsiz, otasiz ham kutishga majbur bo‘ldilar…
Davlat, qonun, hukumat – bu institutlarning hammasi inson uchun ishlaydi. Inson uchun ishlash uchun insonlar uchun cheklovlar joriy etadi va uni qo‘llashga vakolatli va majbur.
Dunyoni istagan davlatida haq va majburiyat bir-biriga chegara chizadi, qaysi tomon tartibliroq bo‘lsa, o‘sha tomonning hududi kengroq bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi.
O‘zini qadrlamaydigan, topganini tushunmaydigan, isrofchi jamiyatning haq hududi doimo tor bo‘lgan, bundan keyin ham shunday bo‘ladi",
deb yozadi A. Qodirov.