“2026 yilda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–70-son, 29.04.2026 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, har yarim yilda iqtisodiyotning energiya sig‘imini hisoblash va tegishli ma’lumotlarni e’lon qilib borish amaliyoti joriy qilinadi.
🗒 2026 yil 1 sentyabrgacha oliy ta’lim tashkilotlari uchun energiya samaradorligi hamda energiya tejamkorligiga oid amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan mavzular tegishli fanlarning o‘quv dasturlariga kiritiladi va amaliyotga joriy etiladi.
⏳ 2026/2027 o‘quv yilidan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida tegishlicha tarbiyalanuvchi, o‘quvchi va talabalarda energiya tejamkorligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etib boriladi.
✅ Iqticodiyot tarmoqlari korxonalari va tegishli vazirlik, idoralar ehtiyojini hisobga olgan holda texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlarining “70710410 – Energiya tejamkorligi va energoaudit” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlari 2026/2027 o‘quv yili uchun 25 foizga oshiriladi.
🔗 Farmon bilan tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar va ularga erishish tadbirlari bajarilishining nazorati “Energiya tejamkorlik” platformasi orqali yuritiladi.
📜 Kundalik hayotda energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish ko‘nikmalarini singdirishga qaratilgan “Energiya samaradorligi – farovon hayot garovi” umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yiladi hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshiriladi.