Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Energiya resurslarini o‘g‘irlayotganlar fosh etilmoqda

Energiya resurslarini o‘g‘irlayotganlar fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon va Toyloq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “S.A.” MCHJ rahbari A.I. hamda “B.G.” fermer xo‘jaligi rahbari A.S. elektr jihozlari va suv nasosini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 182 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “U.O.” fermer xo‘jaligi boshqaruvchisi Z.T. suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 117,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:59 13.08.2025. O'qildi: 416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!