Prezident huzurida hududlarda iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishiga ko‘ra, 916 ta mahallada energiya resurslariga bo‘lgan talab va yetkazib berish imkoniyati orasidagi tafovut mahallabay kesimda hisob-kitob qilingan, va kelajakda talab oshishi ehtimolini hisobga olgan holda, 721ta mahallada elektr va 200ta mahallada gaz tarmoqlarini yangilash belgilangan.
Maqsad – energetika sohasida “muammo paydo bo‘lgandan keyin uni bartaraf etish” amaliyotidan “muammoni oldindan aniqlash, zarur choralarni rejalashtirish va uning oldini olish” tizimiga o‘tish, deyiladi bayonotda.