"Lion"ning braziliyalik 19 yoshli hujumchisi Endrik Liga 1 19-turida "Mets"ga qarshi o‘yinda uchta gol urib, XXI asrda Yevropaning beshta yetakchi ligasida o‘zining ilk xet-trikini qayd etgan eng yosh braziliyalik futbolchiga aylandi.
Bungacha bu rekord "Barselona" hujumchisi Ronaldoga tegishli bo‘lib, u 1996 yil 26 oktyabrda "Valensiya"ga qarshi o‘yinda Ispaniya chempionatida uchta gol urib, jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagandi. O‘shanda braziliyalik 20 yoshda edi.
Hozirgacha Endrik "Lion" safida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Madridning "Real" klubi bilan ijara shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi, "Lion" futbolchi maoshining 50 foizini qoplab beradi.