Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Endilikda bog‘chalar rahbar va pedagoglarini rag‘batlantirishga ruxsat etiladi

Endilikda bog‘chalar rahbar va pedagoglarini rag‘batlantirishga ruxsat etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan bog‘chalar rahbar va pedagoglarini rag‘batlantirishga ruxsat etiladi — Prezident farmoni.

2025 yil 1 yanvardan:

➖ maktabgacha ta’lim tashkilotining direktori o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi;

➖ respublikaning barcha tuman (shahar)larida kamida bittadan tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

➖ barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat soati”, tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa “Metodik mahorat kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi;

➖ trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor o‘rinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.

2025 yil 1 martdan tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari joriy etiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini ham rag‘batlantirishga ruxsat etiladi.

2025 yil 1 yanvardan tajriba-sinov tariqasida har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim guruhlari ochiladi.

Kiritildi: 15:41 15.03.2025. O'qildi: 475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!