Bugun 16 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Endi O‘zbekistonda bolalar zo‘ravonlikdan qonunan himoyalanadi

Endi O‘zbekistonda bolalar zo‘ravonlikdan qonunan himoyalanadi

Prezident tomonidan "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.

Qonun 2024 yil 31 mayda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 15 avgustda Senat tomonidan ma’qullangandi. U 5 bob va 51 moddadan iborat bo‘lib, qonun bilan bolaga nisbatan zo‘ravonlik tushunchasi va jismoniy, jinsiy va ruhiy zo‘ravonlikdan tashqari uning yangi shakllari — g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatasiya, bulling kabilar ham e’tirof etilmoqda.

Shuningdek, davlat bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish uchun tegishli huquqiy, ma’muriy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa choralarni ko‘rishi, zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni reabilitasiya qilishi va ularning huquqlarini tiklashi hamda ularni ijtimoiy moslashtirish uchun zarur bo‘lgan samarali choralar ko‘rishi qonunan belgilmoqda.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach, 2025 yil 15 may kuni kuchga kiradi.

Kiritildi: Bugun 09:12. O'qildi: 180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!