Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Endi O‘zbekistonda berilgan haydovchilik guvohnomasi bilan Rossiyada mashina haydash mumkin

Endi O‘zbekistonda berilgan haydovchilik guvohnomasi bilan Rossiyada mashina haydash mumkin

O‘zbekistonda olingan haydovchilik guvohnomasi Rossiya Federasiyasida tan olinadigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qilib o‘tdi.

«O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiya IIVning Sverdlovsk viloyati Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bosh boshqarmasiga tayanib ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasida 2011 yil 28 martga qadar berilgan, amal qilish muddati belgilanmagan haydovchilik guvohnomalari Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining 41-43-moddalari va 6-7-ilovalariga muvofiq Rossiya Fedrasiyasi hududida tan olinadi.

O‘zbekiston fuqarolarining murojaatlariga muvofiq Bosh konsulxona mazkur masalani Rossiya tomoni bilan birgalikda hal qildi», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:12 13.10.2019. O'qildi: 3675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!