Prezidentning yangi farmoniga ko‘ra, sudyalarni tanlash jarayoni to‘liq ochiq bo‘ladi.
🔸Sud tizimidagi barcha bo‘sh o‘rinlar, tanlov shartlari va bosqichlari rasman e’lon qilinadi.
🔸Nomzodlardan ortiqcha hujjatlar talab qilinmaydi — jarayon to‘liq raqamlashtiriladi.
🔸Sud raislari va ularning o‘rinbosarlari ham ochiq tanlov orqali belgilanadi.
🔸Nomzodlar “halollik”, “kasbiy loyiqlik” va “axloqiy mezonlar” bo‘yicha baholanadi.
🔸Sudyalar dastlab 5 yil muddatga, keyin esa muddatsiz tayinlanadi.