Singapurda tug‘ilish ko‘rsatkichi har bir ayolga o‘rtacha 0,87 ta chaqaloq bilan rekord darajadagi eng past darajaga tushgani sababli, mamlakat hukumati oilalarga har bir bola uchun qariyb 70 ming Singapur dollari (55 ming AQSh dollari) miqdorida mablag‘, shuningdek, uzaytirilgan ota-onalik ta’tili hamda uy-joy bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash choralarini taklif qilmoqda.
Mamlakat aholisining 21 foizdan ortig‘i 65 yosh va undan katta yoshdagilardan iborat bo‘lib, “super-keksa” jamiyatga aylanish jarayonida turibdi.
Shuningdek, Singapur aholi va ishchi kuchi qisqarishini sekinlashtirish maqsadida kuchaytirilgan oilaviy qo‘llab-quvvatlashni uzluksiz immigrasiya bilan birgalikda olib borishni rejalashtirmoqda.