Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Endi qarg‘ish uchun ham javobgarlik belgilanyaptimi?

Endi qarg‘ish uchun ham javobgarlik belgilanyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “qarg‘ish uchun ham javobgarlik belgilanmoqda” mazmunidagi xabarlar tarqalib, go‘yoki Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga tegishli havola ham keltirib o‘tildi. Ammo Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva bu xabarlarni rad etdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ushbu mazmundagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarilmagan”, deydi O‘rinboyeva.

Uning qayd etishicha, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga joylashtirilgan loyihalarga tizim tomonidan avtomatik ravishda tegishli identifikasiya (ID) raqami beriladi va ushbu ID raqam havolada aks etadi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi”ni aniqlash bo‘yicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga tizim tomonidan 83183 ID raqami berilgan va bu tegishli havolada ham aks etgan (regulation.gov.uz/oz/d/83183).

“Ijtimoiy tarmoq kanallari yurituvchilaridan yolg‘on va noxolis, tekshirilmagan axborotlarni jamoatchilikka tarqatish orqali fuqarolarimizda turli xil tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, deydi matbuot kotib.

Kiritildi: 10:04 05.12.2023. O'qildi: 1651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!