Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi «Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini lesenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 408-sonli qaroriga tegishli tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, mazkur qarorning 24-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirildi.
Unga ko‘ra, endilikda «o‘quv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash yakuni bo‘yicha bitiruvchilardan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorni to‘g‘ri transpartirovka qilish ko‘nikmalari yuzasidan amaliy imtihonlar qabul qilinadi.
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy imtihonlarning mezonlari SSV tomonidan belgilanadi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq SSV O‘zbekiston hududida yo‘l-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga yagona birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini joriy etishga doir vazir buyrug‘i loyihasini ishlab chiqqani xabar qilingan edi.