Shaharning barcha tumanlarida zamonaviy gastronomik va sayyohlik ko‘chalari qurilmoqda.
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida O‘zbekiston ovozi ko‘chasi, Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi, Olmazor tumanidagi Qo‘rg‘ontepa va Farobiy ko‘chalari shuningdek, Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur va Sergeli tumanlarida ham zamonaviy gastronomik va sayyohlik ko‘chalar qurilmoqda.