Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Endi Moskvadagi migrantlar maxsus dastur orqali kuzatiladi

Endi Moskvadagi migrantlar maxsus dastur orqali kuzatiladi

“Kommersant” nashrining xabar berishicha, 1 sentyabrdan boshlab Moskva va Moskva viloyatiga ishlash uchun keladigan O‘zbekiston va yana sakkizta davlat migrantlari ro‘yxatdan o‘tish uchun “Amina” mobil ilovasini o‘rnatishi kerak bo‘ladi. Ilova ularning geolokasiyasini Rossiya IIVga yuborib turadi.

Ilovani o‘rnatish Moskva va Moskva viloyatiga ishlash uchun kelgan O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarboyjon, Moldova va Ukraina fuqarolari uchun majburiy hisoblanadi.

"Ushbu mobil ilova Moskva va Moskva viloyatida ro‘yxatdan o‘tishning yagona yo‘li", deyiladi “Ko‘p funksiyali migrasiya markazi” (KFMM) saytidagi xabarda.

Agar abonent qurilmasining geolokasiya malumotlari uch ish kunidan ortiq vaqt davomida mavjud bo‘lmasa, chet el fuqarosi KFMM manzili bo‘yicha reestrdan chiqariladi. Bu xorij fuqarosini nazorat qilinadigan shaxslar reestriga kiritish uchun asos bo‘lishi mumkin, deya ta’kidlanadi xabarda.

Kiritildi: 21:05 26.08.2025. O'qildi: 943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!