Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Endi mashinangiz bojxonada skanerlanadi

Endi mashinangiz bojxonada skanerlanadi

O‘zbekistondagi qator chegara bojxona postlariga yengil mashinalarni skaner qiluvchi qurilma o‘rnatilmoqda. U orqali soatiga 220 tagacha avtotransport vositalarini skanerlash mumkin.

2025 yil 1 sentyabrdan «G‘ishtko‘prik», «Zangiota» va «Dovut ota» chegara o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalari uchun xavflarni boshqarish tamoyillariga asoslangan «yashil» va «qizil» — ikki yo‘lakli tizim ishga tushiriladi.

Xavf darajasi past bo‘lgan, ya’ni «yashil» yo‘lakka tushgan avtotransport vositalari va unga yuklangan tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazishga hojat qolmaydi, faqatgina hujjatlar ko‘zdan kechiriladi, xolos.

Mazkur tizimni ishga tushirishning eng muhim shartlaridan biri shuki, bunda avtotransport vositalari inspeksion ko‘rik majmuasi orqali nazoratdan o‘tkazilgandan so‘nggina ushbu amaliyot qo‘llaniladi.

Biroz muddat oldin ushbu qurilmadan «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postiga o‘rnatilgan bo‘lsa, shu kunlarda «Navoiy» chegara bojxona postlariga o‘rnatish ishlari yakuniga yetmoqda.

Kiritildi: 05:14 13.08.2025. O'qildi: 1002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!