Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Endi maktablarda 45 ta sport turi o‘rgatiladi

Endi maktablarda 45 ta sport turi o‘rgatiladi

Prezident maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Shu boradagi ishlarni tashkil etish rejalari yuzasidan axborot berildi.

Unga ko‘ra, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish maqsadida maktablarda 22ta olimpiya, 19ta noolimpiya, 4ta milliy sport turlari o‘rgatiladi. Bu uchun jismoniy tarbiya fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqilib, o‘quv dasturlari takomillashtiriladi.

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich hamma joyda maktab sport klublari tashkil etiladi. Bu yo‘nalishda ham o‘qituvchilarga toifa berish yangi tartibi, maktablarning sport bo‘yicha reyting tizimi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, endi chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi va bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi.

Mazkur fan bo‘yicha yangi o‘quv dasturi va darsliklar yaratiladi. Har bir tuman va shaharda bittadan maktab negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: 19:10 07.11.2024. O'qildi: 1284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!