Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Endi ish beruvchi nomzodni rad etsa hech qanday javobgarlikka tortilmaydi

Endi ish beruvchi nomzodni rad etsa hech qanday javobgarlikka tortilmaydi

Prezident farmoni bilan, endi ish beruvchilar bandlik organlariga mavjud vakansiyalar haqida hisobot berishga majbur emas. Bu haqda Bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, bandlik organi yo‘llanmasi bilan bo‘sh ish o‘rniga kelgan nomzodni ishga qabul qilmagan taqdirda, ish beruvchi sabab keltirishi shart emas va bu uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

Ilgari qonunchilikda ish beruvchi bo‘sh ish o‘rinlari haqida hisobot bersa, bandlik markazi yuborgan nomzodni rad etganda ma’muriy jazo qo‘llanilishi mumkin edi. Shu bois ko‘p ish beruvchilar vakansiya haqida ma’lumotni ochiq taqdim etmagan. Yangi farmon bilan mazkur qoida bekor qilindi.

Mehnat bozorida ish beruvchilar va talabgorlarni bir-biriga bog‘lash maqsadida “Loyiha guruhi” tashkil etilib, bu tizim dastlab Toshkent shahrida, keyinchalik butun respublika bo‘ylab tatbiq etiladi.

Platformaning mohiyati:

—ish beruvchilar bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi haqqoniy ma’lumotlarni joylaydi;
—ish izlayotgan fuqarolar o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadilar;
—"Loyiha guruhi" dastlabki saralashni amalga oshiradi va ish beruvchilarga eng munosib nomzodlarni taklif qiladi;
—ish beruvchi o‘ziga maqbul mutaxassislarni mustaqil tanlab oladi.

Kiritildi: 22:35 09.08.2025. O'qildi: 1283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!