Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Endi ipoteka bo‘yicha boshlang‘ich badal va foizlarning bir qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi

Endi ipoteka bo‘yicha boshlang‘ich badal va foizlarning bir qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi

“Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” Hukumat qarori (182-son, 25.03.2020 y.) qabul qilindi.

✅ Qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq:

birinchi, uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarning bir qismi Respublika Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;

ikkinchi, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza beriladi, ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholanadi;

uchinchi, tuman (shahar)da uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyalar faoliyati tashkil etiladi va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalari ko‘rib chiqiladi;

to‘rtinchi, sotib olinadigan uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni to‘lab berish tartibi belgilandi.

✅ Qarorga ko‘ra:

? Davlat xizmatlari agentligi hududiy bo‘linmalari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlash jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar;

? tegishli tashkilotlar tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlashda foydalaniladigan ma’lumotlar (hujjatlar) istisno tariqasida to‘lovlarsiz amalga oshiriladi.

Kiritildi: 18:11 25.03.2020. O'qildi: 3690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!