Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Endi hokimlar haftada bir marta turoperator, mehmonxona va dam olish maskanlari vakillari bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilishadi — Mirziyoyev

A A A
Endi hokimlar haftada bir marta turoperator, mehmonxona va dam olish maskanlari vakillari bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilishadi — Mirziyoyev

Bundan buyon viloyat, tuman va shahar hokimlari haftasiga bir marta turoperator, mehmonxona va dam olish maskanlari vakillari bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilib boradigan tizim joriy qilinadi.

So‘nggi yillarda turizm sohasi oldidagi 11 ta katta muammolardan 6 tasi hal qilindi. Xususan:

1) Sayyohlarga viza berish keskin liberallashtirildi.

2) Aeroportlarda navbatlar va tekshirishlarga barham berildi, yashil yo‘laklar qilindi, vokzallarda ham qulay sharoitlar yaratildi.

3) Mehmonlar elektron ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bo‘ldi, ular erkin harakatlanishi uchun hamma sharoitlar yaratildi.

4) Valyuta ayirboshlashga cheklovlar bekor qilindi.

5) Mehmon o‘rinlari soni 3 barobarga ko‘payib, 125 mingtaga yetdi (2017 yilda 37 mingta edi).

6) turistik korxonalar uchun ijtimoiy soliq va aylanma soliq stavkalari 1 foiz etib belgilandi, yer solig‘i va mol-mulk soliq stavkalari 90 foizga kamaytirildi.

Kiritildi: 16:49 19.09.2022. O'qildi: 1408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!