Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Endi bir yilda o‘z hisobidan uch oydan ortiq mehnat ta’tiliga chiqish mumkin emas

Endi bir yilda o‘z hisobidan uch oydan ortiq mehnat ta’tiliga chiqish mumkin emas

Prezident tomonidan imzolangan yangi qonunga asosan Mehnat kodeksiga bir qator muhim o‘zgarishlar kiritildi. Bu o‘zgarishlar xodimlarning ish haqi, mehnat ta’tili va ishdan bo‘shash paytidagi hisob-kitoblarga taalluqli. Quyida bu o‘zgarishlarni aniq misollar bilan tushuntirib beramiz:

Ish haqi saqlanmaydigan ta’til muddati cheklandi:

Ilgari: Ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilayotganda, oxirgi marta olingan ta’tildan hisoblab bir yil ichida uzluksiz yoki jami 3 oydan ortiq bo‘lmasligi kerak edi.

Yangi qoida: Endi ish haqi saqlanmaydigan ta’til bir yillik davr mobaynida jami 3 oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Misol: Agar xodim 2024 yilning yanvar oyida 1 oy, mart oyida 1 oy va iyun oyida 1 oy ish haqi saqlanmaydigan ta’til olgan bo‘lsa, 2024 yildagi ta’tillari jami 3 oyni tashkil qilgani uchun qo‘shimcha ta’til ololmaydi.

Yakshanba kunlari hisobga kiritilmaydi:

Ilgari: Har yilgi mehnat ta’tilida yakshanba kunlari ham ta’til hisobida ko‘rilgan va shu asosida ish haqi hisoblangan.

Yangi qoida: Endilikda mehnat ta’tili davomiyligini hisoblashda yakshanba kunlari inobatga olinmaydi.

Misol: Agar xodim 30 kunlik mehnat ta’tiliga chiqqan bo‘lsa, ilgari hamma kunlar (yakshanba ham) ta’til kunlari sifatida hisoblangan. Yangi qoidaga ko‘ra, bu 24 kun bo‘ldi.

Kiritildi: 13:48 17.02.2025. O'qildi: 1377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!