Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Endi banklarda 500 dollargacha naqd valyuta pasportsiz sotiladi

Endi banklarda 500 dollargacha naqd valyuta pasportsiz sotiladi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan idoraviy hujjatga muvofiq, banklarda naqd chet el valyutasini sotib olish tartibi soddalashtirildi.

Endilikda fuqarolar 500 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda naqd chet el valyutasini shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etmasdan xarid qilishi mumkin.

Bunga qadar banklardan pasport yoki ID-kartasiz sotib olish mumkin bo‘lgan chet el valyutasi miqdori 100 AQSh dollarini tashkil etar edi. Yangi tartib bilan ushbu miqdor besh baravarga oshirildi.

Mazkur o‘zgarish 2026 yil 8 mayda 2886-12-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan idoraviy hujjatda belgilangan bo‘lib, u joriy yilning 9 avgustidan kuchga kirdi.

Adliya vazirligi ushbu o‘zgarish aholi uchun bank xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirishga qaratilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 13:03. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!