Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Endi "Apple" dunyodagi eng qimmat kompaniya emas

A A A
Endi "Apple" dunyodagi eng qimmat kompaniya emas

Neft narxining oshishi va inflyasiya "Apple"ning dunyodagi eng qimmat kompaniya sifatidagi maqomini yo‘qotishiga sabab bo‘ldi. U Saudiya Arabistoni milliy neft kompaniyasi ”Saudi Aramco"ga o‘z o‘rnini boy bergan. Bu haqda ”Bloomberg" xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda "Saudi Aramco"ning bozor kapitallashuvi 2,43 trillion, "Apple"niki esa 2,38 trillion dollarni tashkil qilmoqda.

2022 yil boshida "Apple"ning bozordagi kapitallashuvi birinchi marta uch trillion dollardan oshib ketgan edi. E’tiborlisi, oldin hech bir kompaniya bunday ko‘rsatkichga erishmagan. Biroq shundan so‘ng korporasiyaning bu ko‘rsatkichi sezilarli darajada pasaygan.

Kiritildi: 06:20 12.05.2022. O'qildi: 3654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!