Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Endi advokatlar ham sudya va prokurorlar bilan teng maqomda bo‘ladi

A A A
Endi advokatlar ham sudya va prokurorlar bilan teng maqomda bo‘ladi

Yangi tahrirdagi Konstitusiyada advokatura haqida alohida bob kiritilib, advokatlik maqomi alohida mustahkamlab qo‘yildi. Mazkur bob 141 va 142-moddalarni o‘z ichiga oladi.

141-moddada jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatishi, advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanishi, advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanishi ta’kidlangan.

142-modda esa quyidagicha ifodalanadi: “Advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi. Advokat, uning sha’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi”.

Amaldagi Konstitusiyada advokatlar maqomi alohida norma sifatida kiritilmagan hamda himoya qilinmagan.

Kiritildi: 21:27 12.04.2023. O'qildi: 1939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!