Xitoyning xususiy fazoviy kompaniyasi — Deep Blue Aerospace fazoga sayr qilishni xohlovchilar uchun chiptalarni sotishni boshladi. Chipta narxi — 1,5 mln yuan (taxminan 210 ming dollar), deb xabar berdi South China Morning Post gazetasi.
2027 yilga rejalashtirilgan ilk parvoz uchun ikkita chipta allaqachon o‘z egasini topdi.
«Suborbital fazoviy parvoz davomiyligi 12 daqiqa bo‘lib, shundan kamida 5 daqiqasida yo‘lovchilar vaznsizlikni his etishadi», — deyiladi xabarda.
Xitoy sharqidagi Szyansu provinsiyasida joylashgan kompaniya ilk chiptalarni 24 oktyabr kuni sotuvga qo‘ydi — Taobao platformasidagi jonli efirda ular atigi 20 daqiqa ichida xarid qilindi.
Deep Blue Aerospace chiptalari raqobatchilarnikiga nisbatan arzon. Masalan, britan milliarderi Richard Brensonning Virgin Galactic kompaniyasi fazoviy chiptalarni 600 ming dollardan pullayapti.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 10 sentyabrida SpaceX kompaniyasi Polaris Dawn missiyasini yo‘lga qo‘ydi: besh kun davom etgan parvozda tarixda birinchi marta ikki nafar fazoviy sayyoh — milliarder Jared Ayzekman va SpaceX muhandisi Sara Jillis ochiq kosmosga chiqqandi.