Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Emmanuel Makron Xitoyni G7'ning onlayn uchrashuviga taklif qilishni rejalashtirmoqda

Emmanuel Makron Xitoyni G7'ning onlayn uchrashuviga taklif qilishni rejalashtirmoqda

Fransiya prezidenti global savdo muvozanatisizligi muammolarini hal qilish uchun Pekinni "Katta yettilik" onlayn uchrashuviga taklif qilmoqchi, deb yozadi Politico nashri o‘z manbalariga tayanib.

To‘rtta manbadan ikkitasining ma’lum qilishicha, telefon suhbati G7 yetakchilarining kelgusi hafta bo‘lib o‘tadigan sammitidan oldin, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Nashrning ta’kidlashicha, Fransiya "guruh"ning tobora keskinlashib borayotgan pozisiyasiga qaramay, Xitoy bilan munosabatlarda murosaliroq yo‘lni tanlagan.

Fransiya tomonining hisoblashicha, Xitoydagi ishlab chiqarishning haddan tashqari ko‘pligi, Yevropa Ittifoqidagi investisiyalarning yetarli emasligi va AQShdagi iste’molning me’yordan ortiqligi savdo muvozanatisizligini keltirib chiqargan, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!