Bugun 30 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Emlanish orqali antibiotiklar qo‘llanilishini 22 foizga kamaytirish mumkin

Emlanish orqali antibiotiklar qo‘llanilishini 22 foizga kamaytirish mumkin

📉 JSST e’lon qilgan yangi hisobotga ko‘ra, 24 patogenga qarshi emlanish orqali dunyo bo‘yicha qo‘llaniladigan zarur antibiotiklar miqdorini 22 foizga yoki sutkasiga 2,5 milliard dozaga kamaytirishi mumkin.

💊 Bu dorilarga chidamli mikroblarga qarshi kurashish borasidagi global maqsadlarga ham mos keladi. Qolaversa, ana shu vaksinalarning ayrimlari allaqachon yaratilgan, biroq ulardan tibbiy amaliyotda kam foydalanilmoqda.

📊 Qayd etilishicha, dorilarga chidamli infeksiyalar yiliga 5 million kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Kelgusi 25 yil ichida xuddi shunday bakteriyalar tufayli 208 million odam hayotdan ko‘z yumishi prognoz qilinyapti.

📌 Vaksinalar bu raqamlarni qisqartirish, o‘z navbatida, antibiotiklar qo‘llanilishini kamaytirish va infeksiyalar tarqalishini sekinlashtirish imkonini beradi.

‼️ Bundan tashqari, dori-darmonlarga chidamli patogenlarni davolash uchun shifoxona xarajatlari yiliga 730 milliard dollarga baholanadi. Agar vaksinalar barcha qayd etilgan kasalliklarga qarshi qo‘llanilsa, sarf etilayotgan 30 foizdan ko‘proq mablag‘ tejab qolinadi.

Kiritildi: 14:43 12.10.2024. O'qildi: 9292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!