Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

“Elparvar” tarixiy filmi ekranlarga chiqdi (video)

“Elparvar” tarixiy filmi ekranlarga chiqdi  (video)

Bugun O‘zbekistonda O‘zbekkino milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan Elparvar filmi katta ekranga chiqdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekkino .

Film premyerasi 19 mart kuni soat 18:00da Alisher Navoiy nomli kinosaroyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Elparvar badiiy filmini 20 martdan yurtimizning barcha kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin , - deyilgan xabarda.

Filmda XII asr oxiri XIII asr boshlarida Markaziy Osiyo hududida Chingizxon istilosi bilan bog‘liq voqealar aks etgan. Filmning bosh qahramoni, o‘z qishlog‘ini qutqarish uchun dushmanga qarshi kurashgan o‘spirin kamonchi yigit - Muqbildir. Filmda, shuningdek, o‘sha davr qahramoni Jaloliddin Manguberdi obrazi ham o‘ziga xos uslubda yoritilib o‘tilgan.

Bosh rollarni aktyor Abdug‘afur Isaxonov hamda aktrisa Feruza Yusupovalar ijro etishgan. Jaloliddin Manguberdi rolini - Mehriddin Rahmatov gavdalantirgan. Ssenariy mualliflari Abdulla A’zam va Yolqin To‘ychiyevdir. Film prodyuseri Zafar Yo‘ldoshev va rejissyori Abduvohid G‘aniyevdir.

Kiritildi: 16:30 20.03.2019. O'qildi: 2987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!