Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Ellik to‘qqiz yoshli futbolchi jamoasi bilan yangi bir yillik shartnoma imzoladi

Ellik to‘qqiz yoshli futbolchi jamoasi bilan yangi bir yillik shartnoma imzoladi

Kadzuyosi Miura professional faoliyatidagi 42-mavsumini o‘tkazadi.

Yaponiyaning uchinchi kuchli divizionida to‘p suruvchi "Fukusima Yunayted" klubi transfer huquqi "Yokogama"ga tegishli bo‘lgan 59 yoshli futbolchining ijara muddati uzaytirilganini e’lon qildi.

Kelishuv keyingi yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Miura faoliyati davomida Braziliya, Italiya, Xorvatiya, Avstraliya va Portugaliya klublarida to‘p surgan. Yaponiya terma jamoasi safida esa u 89 ta uchrashuvda maydonga tushib, 55 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘tgan mavsumda Kadzuyosi 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.

Kiritildi: 23:52 25.06.2026. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!