NATO Maxsus Harakat Kuchlari Qo‘mondonligi o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida ORION-24 nomli mashg‘ulot o‘tkazishini ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, mashg‘ulot murakkab ssenariylarni o‘z ichiga oladi: "Elita kuchlar kechayu kunduz real sharoitlarda mashq qilmoqda".
NATO ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda AQSH, Fransiya, Gresiya, Kipr, Italiya, Avstriya, Makedoniya, Polsha, Bolgariya, Ruminiya va Misr ishtirok etmoqda. 2 sentyabrda boshlangan mashg‘ulotlar 14 sentyabrda yakunlanadi.