Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Elektron sigaret ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschilari milliarderlar safidan chiqdi

Elektron sigaret ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschilari milliarderlar safidan chiqdi

“Juul” elektron sigareta ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschilari Adam Boulen va Jeyms Monsiz 2018 yilda olgan milliarderlar maqomidan mahrum bo‘lishdi. Ya’ni navbatdagi yangi hisobotdan so‘ng kompaniyaning qiymati uchdan bir qismdan ko‘proqqa tushdi.  

Qo‘shma Shtatlardagi elektron sigaret chekish bilan bog‘liq kasalliklar bo‘yicha tergov o‘tkazilishi sabab tadbirkorlar 200 million dollar yo‘qotishdi.

Nashrning ta’kidlashicha, 2019 yilning aprel oyidan boshlangan tergov avvalroq “Juul” tomonidan sotib olingan “Altria” aksiyalarining keskin pasayishiga sabab bo‘lgan. Kompaniya aksiyalari qiymatining uchdan bir qismini yo‘qotdi, uning bozor kapitalizasiyasi 30 mlrd $ga tushib qoldi.

“Forbes”ning qayta hisob-kitobidan keyin, kompaniyaning 1,75  foiziga egalik qiladigan asoschilarning boyligi 900 million dollarga teng bo‘ldi (ilgari 1.1 mlrd $ edi).

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp esa uning savdosini butun mamlakatda taqiqlash haqida aytgan edi. Ammo bu qachon amalga oshishi ma’lum qilinmagan.

Kiritildi: 15:00 06.10.2019. O'qildi: 2089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!