Sog‘liqni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamli "Ishonch telefoni" bazasida muntazam faoliyat yurituvchi 1003 qisqa raqamli “Sall-markaz” tashkil etildi.
Bu haqda vazirlikning telegram kanalida ma’lum qilindi.
Mazkur aloqa liniyasi orqali malakali mutaxassislardan Toshkent shahri va tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman(shahar)da “Elektron resept” tizimi amaliyoti bo‘yicha yuzaga kelgan savollar va murojaatlarga tunu kun javob olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, poytaxtimiz va tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman(shahar)da dori vositalarining elektron resept asosida berilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.