Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonga 16 ta xorijiy davlatdan qiymati 473 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 40 345 dona elektromobil import qilingan.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 140 donaga yoki qariyb 2,5 barobarga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p elektromobil yetkazib bergan davlatlar:
— Xitoy – 39 798 dona
— Gonkong – 249 dona
— Koreya Respublikasi – 165 dona
— Germaniya – 43 dona
— AQSh – 25 dona
— Boshqa davlatlar – 65 dona