“O‘zenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borilayotgan brigadalarning inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganildi.
Xususan, Sardoba tumani "Paxtakor" MFYda 10 kVli havo tarmog‘ida kabel tortish ishlari olib borayotgan brigada tashkiliy va texnik tadbirlar bajarmasdan, xafsizlik texnikasi qoidalari ta’lablariga rioya qilmagan holda ishlayotganligi aniqlandi.
Bu kabi holat Oqoltin tumanidagi 0,4 kVli havo tarmog‘ida kabel tortish ishlari olib borayotgan brigadaning ish faoliyatida ham kuzatildi.
Mazkur holatlar yuzasidan brigadalar ishdan chetlashtirildi hamda xavfsizlik chora-tadbirlari to‘liq bajarilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.