Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Elektr energiyasidan samarasiz foydalanib kelgan korxonaga qo‘lga tushdi

Elektr energiyasidan samarasiz foydalanib kelgan korxonaga qo‘lga tushdi

"O‘zenergoinspeksiya" Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Rishton tumanida joylashgan “Q. S. T.” MCHJ elektr qurilmalarida reaktiv quvvatni kompensasiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 153,3 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.

Ma’lumot o‘rnida: Reaktiv quvvat kompensasiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibini buzish – isrof bo‘lgan elektr energiyasi miqdori qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 10:50 13.11.2025. O'qildi: 628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!