O‘zenergoinspeksiya Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “B.B.” va “Sh.D.S.” MCHJlar elektr qurilmalarida reaktiv quvvatni kompensasiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilindi va 104,4 mln so‘m miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llanildi.
✈️ Ma’lumot o‘rnida: Reaktiv quvvat kompensasiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibini buzish yoki unga rioya etmaslik – isrof bo‘lgan elektr energiyasi miqdori qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.