Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Eldor Shomurodov o‘zbekistonlik futbolchilar nima uchun RPLda kamayganini tushuntirdi

Eldor Shomurodov o‘zbekistonlik futbolchilar nima uchun RPLda kamayganini tushuntirdi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi va sardori Eldor Shomurodov rossiyalik sobiq futbolchilari Andrey Arshavin hamda Vladislav Radimov bilan suhbatda nega o‘zbekistonlik futbolchilar Rossiya Premyer-ligasi klublarida kamayib ketganini izohladi.

«Hozir O‘zbekiston futbolchilariga barcha mamlakatlardan qiziqish bor, ko‘plab skautlar kelyapti. Ilgari Rossiya biz uchun o‘ziga xos tramplin edi — u yerdan Yevropaga chiqish osonroq bo‘lardi. Rossiya orqali Yevropaga ketish ancha yengil edi. Hozir esa klublar futbolchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishyapti.

Bundan tashqari, Rossiyaga borish bilan bog‘liq siyosiy muammolar ham bor, keyin Yevropaga o‘tish qiyinlashadi. Shu sababli, menimcha, u yerda o‘zbekistonlik futbolchilar soni kamaydi», — dedi Shomurodov.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov faoliyati davomida Rossiyaning «Rostov» klubida ham to‘p surgan.

Kiritildi: 23:30 02.04.2026. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!