«Verona»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng Eldor Shomurodov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz Chempionlar ligasiga chiqishni istaymiz, qolgan barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonishimiz kerak. Murabbiy qiyin bo‘lishini aytdi. Biz muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi tufayli g‘alaba qozondik. Men murabbiy nima istayotganini bilaman. Bu jamoaga yordam bermoqchiman, bizda yaxshi tarkib shakllangan», — dedi Eldor.